Jahon | 23:59 / 29.09.2018
6510
2 daqiqa o‘qiladi

Google Apple’ga yiliga 9 mlrd dollargacha pul to‘laydi

Apple ilk bor iPhone’ni taqdim etganida Safari  brauzerida Google’dan qidiruv tizimi sifatida foydalanishi aniq edi. Chunki o‘sha davrda Google yetakchi qidiruv tizimi hisoblanar, Microsoft’ning Bing qidiruv tizimi 2009 yilgacha mavjud emasdi. 

Ammo Google Safari brauzerida asosiy qidiruv tizimi bo‘lish uchun Apple’ga yaxshigina pul to‘laydi. Uning bu maqsad uchun qancha pul to‘lashi esa noma'lum. Faqat bir marta, 2014 yilgi sud hujjatida Google asosiy qidiruv tizimi bo‘lish uchun Apple’ga yiliga 1 milliard dollar to‘lashi ko‘rsatilgan.

Tahlilchilarning ta'kidlashlaricha, o‘shandan buyon bu to‘lov miqdori oshgan: OAV 2017 yilda 3 milliard dollardan ortiq pul to‘langanini yozgan. Goldman Sachs tahlilchisi Rod Xollning aytishicha, Google 2018 yilda Apple’ga 9 milliard dollargacha to‘laydi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu raqam 2019 yilda 12 milliard dollarga yetishi mumkin.

Mavzuga oid