Jahon | 16:10 / 30.09.2018
22859
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh tarixidagi eng katta qovoq uchun mukofot berildi

Nyu-Hempshirda yashovchi Stiv Geddes AQSh tarixidagi eng katta qovoqni o‘stirdi: uning og‘irligi 2528 funt, ya'ni 1146 kilogrammni tashkil qildi. Bu qovoq Geddesga Dirfild yarmarkasining birinchi mukofoti - 6 ming dollarni keltirdi.

Foto: Twitter /HenrySwenson

 Rekord qayd etgan qovoqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Geddes tomonidan yetishtirilgan sabzavot 2016 yilda belgiyalik Matias Vilemiyns yetishtirgan qovoqdan atigi 76 kilogarmmga yengil.

Foto: Twitter /HenrySwenson
Foto: Twitter /HenrySwenson

Mavzuga oid