Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 800 nafardan oshib ketdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 832 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha milliy agentlik (BNPB) ma'lumotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatning boshqa hududlaridagi talofatlar haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.
Oxirgi ma'lumotlarda qurbonlar soni 400 nafardan oshiq ekani aytilgandi.
7,5 balli zilzila 28 sentabr kuni ro‘y bergandi. Zilzila ortidan sunami kelib chiqdi. Keyinroq aftershoklar kuzatildi.
Tabiiy ofatdan qirg‘oqdagi Palu shahri eng ko‘p talofat ko‘rgan. Bu shaharda minglab uylar vayron bo‘lgan, savdo markazlari, shifoxonalar va mehmonxonalarga jiddiy zarar yetkazilgan. Shahardagi asosiy shosse to‘silib qolgan, shuningdek, markaziy ko‘prik buzilib ketgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025