Eng yangi iPhone operatsion tizimini buzib kirish yo‘li topildi
YouTube’dagi videosdebarraquito foydalanuvchisi o‘z kanalida video e'lon qildi, unda qanday qilib Siri ovozli yordamchi yordamida iPhone’ni buzib kirish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Videoda qurilmani ochish kodini bilmay turib, smartfon telefon kitobidan kontakt ma'lumotlarni qanday qilib olish mumkinligi ko‘rsatiladi - buning uchun siz ushbu iPhone’da faollashtirilgan telefon raqamini bilishingiz kerak.
Parolni kiritmasdan telefon kitobidan ma'lumotlarni ko‘rish uchun, Siri yordamida VoiceOver dasturini yoqish, telefonga qo‘ng‘iroq qilish va xabar yordamida qo‘ng‘iroqni tashlash kerak bo‘ladi. Shundan keyin kontaktlar ro‘yxatiga kirish imkoni yuzaga keladi.
Ushbu kamchilik sentabr oyining o‘rtalarida taqdim etilgan iOS 12 operatsion tizimida topildi.
Mavzuga oid
18:04 / 23.11.2024
Apple Siri ovozli yordamchisini ChatGPTning raqobatchisiga aylantirmoqchi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
16:30 / 29.10.2024