Jahon | 20:54 / 02.10.2018
5113
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada million bola ochlikdan aziyat chekmoqda

Nigeriya shimoli-sharqida bir millionga yaqin bola ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi dokladida aytilgan.

Ta'kidlanishicha, bunga “Boko Harom” terrorchilik guruhining Borno, Adamava va Yobe shtatlaridagi muntazam hujumlari sabab hisoblanadi.

Ko‘rsatilgan hududlarda 440 ming bola ochlikdan aziyat chekadi, ochlik minglab go‘daklarga o‘lim bilan xavf solmoqda.

Hujjatda aytilishicha, 2017 yilda Nigeriyada 881 bola o‘ldirilgan yoki mayib qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid