Falokatli qurg‘oqchilik yaqinlashib kelayotgani taxmin qilindi
Xitoylik olimlar global o‘rtacha haroratning o‘sishi sabab kelib chiqadigan qurg‘oqchilikka nisbatan zaif bo‘lgan sayyoradagi mintaqalarni ma'lum qilishdi. Tegishli limitlardan oshib ketiladigan bo‘lsa, suvdan foydalanish imkoniyati butun dunyo bo‘ylab kamayadi. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.
Global harorat suvdan foydalanish imkoniyatiga qanday ta'sir qilishini baholash uchun tadqiqotchilar tabiatda oddiy iqlim sharoitida suv aylanishining holatini tasvirlaydigan nazariy modelni qo‘llashdi. Olimlar 2015 yilgi Parij bitimi bilan nazarda tutilgan turli xil ssenariylardagi sikl bilan nima sodir bo‘lishini aniqladilar. Unga ko‘ra, global o‘rtacha harorat o‘sishi iqlim o‘zgarishining falokatli ssenariysi oldini olish uchun Tselsiy bo‘yicha 1,5 daraja bilan cheklanishi lozim.
Maqsadga erishilsa, Sharqiy va Janubiy Osiyo, Sharqiy va G‘arbiy Afrika, shuningdek, Markaziy Yevropa kabi hududlarda chuchuk suvdan foydalanish imkoniyatining pasayishi mo‘tadil bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu ssenariyda Shimoliy Osiyo, Janubiy Afrika, Janubiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi, Grenlandiya, Islandiya va Alyaskada taqchillik paydo bo‘ladi. Harorat o‘sishi chegarasi oshib ketsa, butun dunyo bo‘ylab suv ta'minoti miqdori kamayadi va 117 million kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekadi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024