Jahon | 07:36 / 03.10.2018
11893
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada oxirgi 134 yil ichida rekord darajadagi qor yog‘di

Foto: AFP

Kanadaning Alberta viloyatiga rekord darajadagi qor yog‘di. 

Milliy meteobyuro ma'lumotlariga ko‘ra, qor yog‘ishi 2 oktabrga o‘tar kechasi boshlangan va tushlikkacha Albertaning eng yirik shahri Kalgariga 21 sm qor tushgan. Bu esa 1884 yildan olib borilgan meteokuzatuvlar tarixi davomida mutlaq rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord qor yog‘ish 1954 yilda qayd qilingan bo‘lib, o‘shanda qor qoplami 4,6 smga yetgan. Ob-havo mutaxassislari qor 3 oktabr ertalabga yaqin tugashini, bu vaqt ichida esa Kalgari va uning atrofidagi hududlarga yana 10-15 sm qor yog‘ishi mumkinligini aytishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid