Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar qarishni sekinlashtiradigan moddani aniqlashdi
Minnesota universiteti va Mayo klinikasi olimlari ko‘plab meva-sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lgan fizetin moddasi inson salomatligi va umri davomiyligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Bu haqda EurekAlert! portalida keltirilgan matbuot relizida aytilmoqda.
Yosh o‘tgani sari inson organizmida hujayralarning qarish va zararlangan hujayralarning to‘planish jarayoni yuz beradi, deyiladi matbuot relizida.
Yoshlikda immun tizimi organizmni bunday hujayralardan oson tozalaydi, ammo vaqt o‘tgani sayin tozalash samaradorligi pasayib boradi va organizmda zararlangan hujayralar to‘plana boshlaydi.
Tadqiqotchilar qari sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi va fizetin organizmdagi zararlangan hujayralar miqdorini kamaytirishini, bu esa o‘z navbatida salomatlik va umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fizetin yordamida organizmning sog‘lomlik davrini uzaytirish mumkin.
Avvalroq AQShlik olimlar guruhi taom iste'mol qilish oralig‘ini oshirish salomatlik va uzoq umr ko‘rishga ijobiy ta'sir qilishini aniqlashgandi.
Mavzuga oid
15:33 / 25.02.2022
Harakatchan, tozalikka o‘ch va o‘zini sevuvchi xalq – yaponlarning uzoq yashash siri nimada?
18:58 / 19.02.2021
Olimlar qarishni to‘xtatadigan dorini topishdi
13:18 / 31.07.2020
Kavkazliklarning uzoq umr ko‘rish siri ochildi
15:30 / 06.11.2018