Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz» raisi gaz narxining oshishi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi
Bugun Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zA.
3 oktabr kuni Xalqaro Press-klubda «Energetika resurslari: islohotlar davrida tejamkorlik va iste'mol madaniyatidagi muammolarning tahlili» mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ishtirok etdi. U gaz narxlarining oshishi aniq emasligini ma'lum qildi.
«Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining ko‘tarilishi yoki o‘zgarishini «O‘ztransgaz» hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», - deya aytib o‘tgan Sharifjon Tursunov.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va turli Telegram kanallarida elektr energiyasi, gaz, suv va yoqilg‘i narxlarining oshishi haqida ma'lumotlar tarqalmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025