Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyani WADA’ga kiberhujumlarda aybladi
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyani Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligiga (WADA) kiberhujumlarda aybladi.
Buyuk Britaniyaning fikricha, WADA tizimini 2017 yil avgust oyida buzib kirish Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, GRU AQSh Demokratik partiyasi va Britaniya televizion tarmog‘iga kiberhujumlarda ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant ma'lum qildi. U GRUni amalga oshirgan harakatlari uchun qoraladi.
«GRUning harakati tushunarsiz va ahmoqonadir. Bizning xabarimiz aniq: biz ittifoqchilarimiz bilan birgalikda GRUning barqarorlikka putur yetkazish bo‘yicha urinishlariga ta'sir ko‘rsatamiz», - deya vazirning so‘zlarini keltiradi «Bi-bi-si».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya GRUning kiberhujumi oldi olinganini ma'lum qilgandi. Mamlakatdan 4 rossiyalik chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025