Jahon | 00:47 / 04.10.2018
16285
1 daqiqa o‘qiladi

Curiyada IShID yetakchisi o‘g‘li yo‘q qilindi – OAV

Foto: SS0 Public Domain

Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyada 22 sentabrda o‘tkazgan reydi davomida IShID yetakchisi Abu Bark al-Bag‘dodiyning 4 o‘g‘lidan kenjasi o‘ldirilgan.    

Bu ma'lumotni Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi “Al-Hashd ash Sha'bi” guruhi qo‘mondoni Jabbor al-Muamariy ma'lum qilgan.

“Al-Bag‘dodiyning kenja o‘g‘li Rossiya kuchlari aviazarbasi oqibatida halok bo‘ldi”, deb aytgan al-Muamariy.

Rossiya mudofaa vazirligi ham, Suriya hukumati ham hozircha ushbu ma'lumotni tasdiqlamagan.

Al-Bag‘dodiyning to‘ng‘ich o‘g‘li Xudayf al-Badri iyul boshida yo‘q qilingan. Al-Bag‘dodiyning o‘zini topishning imkoni bo‘lmayapti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid