Neymarning konserti va Neapoldagi drama. YeChLda ikkinchi tur
3 oktabr oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi. «Tribuna» guruhlarda 2-turdan keyin yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qiladi.
Grizmanning tarixiy goli
A guruhi
«Atletiko» (Ispaniya) – «Bryugge» (Belgiya) 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 28 Grizmann, 1:1 – 39 Dandjuma, 2:1 – 67 Grizmann, 3:1 – 90 Koke.
Atletiko – Oblak, Ximenes (Filipe Luis, 46), Godin, Lyuka Ernandes, Parti (Korrea, 63), Aryas, Saul, Lemar, Koke, Diyego Kosta (Rodri Ernandes, 69), Grizmann.
Bryugge – Letitsa, Pulen, Mexele, Densvil, Vlitink (Mata, 56), Vormer, Rits (Openda, 75), Vanaken, Dandjuma, Sxreyvers (Nakamba, 56), Uesli.
Ogohlantirishlar: Rits (27), Ximenes (36), Openda (81), Lyuka Ernandes (85).
Belgiya vakili bu guruhda yaqqol autsayder. Ammo birinchi turda belgiyaliklar «Borussiya»ni asabiylashishga majbur etishgandi. Madridda ham «matraschilar» oson g‘alabaga erishganlari yo‘q. O‘yinning birinchi bo‘limida mehmonlar faqat Grizmannga qarshi chora ko‘ra olishmadi, fransiyalik hujumchi o‘z texnikasini namoyish etib, chiroyli gol urdi.
Endi barcha «Bryugge» sochilib ketishini kutayotgandi, lekin birdan hisob tenglashdi. Dandjuma nafaqat kunning, balki Chempionlar haftasining eng chiroyli golini urdi. U to‘pni aylantirib, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi, hatto Oblakda ham bu to‘pni qaytarish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi.
The best goal today by a player you've probably never heard of!
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
Fantastic strike by Arnaut Danjuma to equalize for #ClubBrugge away to #Atleti, bent to the far post from a difficult angle.#AtletiBrujas #ATLCLU #UCL 🔥🔥👏👏 pic.twitter.com/YJFKb6SBa8
O‘yinda baribir sensatsiya ro‘y bermadi. Ikkinchi bo‘limda Diyego Kostaning yordami bilan Grizmann ikkinchi golni urdi. Uning bu goli Chempionlar ligasi tarixidagi 8000-gol bo‘ldi.
Antoine Griezmann gets his brace to put #Atleti back in front against #ClubBrugge. Great combination with Diego Costa. 2-1.#AtletiBrujas #AupaAtleti #UCL pic.twitter.com/wJcrisCvQB
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
«Borussiya» Dortmund (Germaniya) – «Monako» (Monako) 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 51 Bruun Larsen, 2:0 – 72 Pako Alkaser, 3:0 – 90 Roys.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Akandji, Zagadu, Diallo, Vittsel, Dileyni (Vaygl, 65), Sancho (Filipp, 84), Roys, Volf (Bruun Larsen, 46), Pako Alkaser.
Monako – Benalo (Subashich, 45), Radji, Glik, Jyemerson, Sidibe, Tilemans, Axolu, Xenrixs, Golovin (Shadli, 77), Falkao, Silla (Gransir, 70).
2016/17 yilgi mavsumda ushbu jamoalar YeChLning chorak finalida to‘qnashgan va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra monegaskliklar jamoasi 6:3 hisobida ustun kelib (safarda 3:2, uyda 3:1), keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
O‘tgan vaqt ichida ikki jamoa tarkibi ham butkul yangilandi, Monako jamoasining asosiy yulduzlari Mbappe, Bernardu Silva, Mendi, Lemar, Fabino, Moutino va Bakoyoko singari futbolchilar tark etgan, nemislar jamoasida ham Per-Emerik Obameyang, Usmon Dembele va Sokratis Papastatopulos kabi futbolchilar boshqa klublarga uchirma bo‘lishgan.
Jamoalar birinchi bo‘limni bir-birini o‘rganishga sarflab yubordi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar ustunlikni qo‘lga olishdi va bu hisobda o‘z aksini topdi. Dastlab 20 yoshli daniyalik futbolchi Bruna Larsen YeChLdagi debyutini gol bilan nishonladi. Uning ortidan bu turnirda tajribaga ega futbolchilar - Pako Alkaser va Marko Roys bittadan gol urishdi.
«Monako» qatorasiga to‘qqizinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bu mag‘lubiyat monegaskliklar uchun qatorasiga uchinchisi bo‘ldi. Jamoa oxirgi marta avgust oyi boshida Fransiya chempionatining 1-turi doirasida «Nant»ni mag‘lub etgan ko‘yi g‘alaba neligini bilmadi.
2-tur o‘yinlaridan keyin guruhda 100 foizlik natija qayd etayotgan «Borussiya» va «Atletiko» birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Bu jamoalar 3-4 turlarda guruh g‘olibi kim bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritib olishadi. «Monako» bu mavsumda o‘tgan mavsumdagidan farqli ravishda Yevropa Ligasiga yo‘llanma olish uchun yaxshi imkoniyatga ega, «Bryugge» uchun bu mavsum ham guruh bosqichida yakunlanishi haqiqatga yaqinroq.
Messi «Uembli»ni toptadi
V guruhi
«Tottenhem» (Angliya) – «Barselona» (Ispaniya) 2:4 (0:2, 2:2)
Gollar: 0:1 – 2 Koutino, 0:2 – 28 Rakitich, 1:2 – 52 Keyn, 1:3 – 56 Messi, 2:3 – 66 Lamela, 2:4 – 90 Messi.
Tottenhem – Loris, Tripper, Alderveyreld, Sanches, Devis, Uinks, Vanyama (Dayyer, 57), Lukas Moura, Lamela (Lorente, 79), Son Xin Min (Sissoko, 66), Keyn.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Artur (Vidal, 87), Buskets (Vermalen, 90), Rakitich, Messi, Suares, Koutino (Rafinya, 83).
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (14), Vanyama (41), Lamela (43), Artur (59), Buskets (71), Keyn (74), Dayyer (90).
Fermami yoki «Nou Kamp»?
Bir yil muqaddam «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni «Real» bosh murabbiyligi uchun nomzod sifatida ko‘rsatishardi. Argentinalik mutaxassis bu boradagi savollarga javob berar ekan, «Tottenhem»ga sodiqligini aytar va shu bilan birga «Real»ni to‘la rad etmasdi. Shu bilan birga u hech qachon 3 klubni boshqarmasligini ma'lum qilgandi: «Rosario Sentral» (chunki u «Nyuells Old Boys» tarbiyalanuvchisi), «Arsenal» (chunki, «Tottenhem»da ishlaydi) va «Barselona» (chunki, «Espanol»da o‘ynagan va ishlagan). «Men «Kamp Nou»da ishlaganimdan ko‘ra, Argentinadagi biror fermada qo‘y boqqanim yaxshi», degandi o‘shanda Pochettino.
«Barselona» murabbiyi bilan uchrashuv oldidan u yana bir bor ko‘k-anorranglilar jamoasida ishlashi ehtimollardan tashqarida ekanini ta'kidladi. U «Tottenhem» bu jamoani yengishga qodir ekani, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashni xayoliga keltirmayotganini aytib o‘tdi.
Shudgormi yoki «Uembli»?
Kataloniyaliklar oxirgi o‘yinlarda ishonchsiz harakat qilishgan bo‘lishsada, Londondagi o‘yin oldidan favorit edi. YeChLda PSV ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Barselona» ichki chempionatda 3 o‘yinda atigi 2 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va turnir jadvalidagi yakka peshqadamlikni boy berdi. Ammo yevrokuboklarda ko‘k-anorranglilardan birinchi o‘rinni hech kim tortib ololmadi.
«Uembli»dagi o‘yin kataloniyaliklar uchun alohida ahamiyatga ega, jamoa bu stadionda ikki marta, 1992 va 2011 yillarda Yevropa Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. Ammo bu safar stadion «Barselona»ni bayramona ko‘rinishda kutib olmadi, sentabr oyi oxirida bu stadionda katta boks kechasi (Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin ham shu kechada mushtlashdi) o‘tkazildi va gazon holati achinarli ko‘rinishga keldi.
Rakitich yoki Lloris?
«Tottenhem» bu yozda Premer-ligada yangi futbolchini tarkibga qo‘shib olmagan yagona jamoa bo‘ldi. «Shporlar» mavsumni yomon boshlashmadi, ammo keyingi haftalarda jamoa jarohatlar girdobida qoldi. «Barselona»ga qarshi o‘yinga Dele Alli, Dembele, Ore, Fertongen va Kristian Eriksen tayyor emasdi. Pochettino qo‘lida bor tarkibni o‘ynatishga majbur edi.
Jamoaning ikkinchi darvozaboni Form ham jarohat olgandi, ammo murabbiyning baxtiga Lloris tez sog‘aydi va safga qaytdi. Lekin futbolni sog‘ingan darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘yinning ikkinchi daqiqasidayoq Koutinoning zarbasini o‘tkazib yubordi, holbuki bu vaziyatda undan ikki ustun orasida turish talab etilardi xolos.
«Barselona» kutilganidek to‘pni nazorat qildi va tez orada ikkinchi gol urildi. Bu golda barchasi ajoyib chiqdi: Koutino maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘pni bir harakat bilan sheriklariga uzatishi ham, Rakitichning qaytarib bo‘lmas zarbasi ham. Ko‘rinishidan, xorvatiyalik futbolchi Llorisdan jahon chempionati finali uchun qasos oldi.
The best part of Rakitic’s goal is Coutinho’s 360 No Scope assist. pic.twitter.com/mMfcrx0pMl
— Dylan Walsh (@dylanwalsh_) 3 oktabrya 2018 g.
Messi birinchi bo‘limda sheriklari soyasida qolib ketayotgandek edi, ammo u tanaffusdan keyinoq barchasini o‘z qo‘liga olishga qaror qildi. Avvaliga londonliklar jamoasi darvozasi ustunlari unga qarshi bo‘ldi, 5 daqiqa ichida ikki marta uning zarbasi ustunlardan qaytdi. Bu orada katta sahnaga Harri Keyn chiqdi va hisobni qisqartiruvchi golni urdi.
Lekin argentinalik hujumchi bir daqiqa o‘tib o‘z maqsadiga erishdi. U barseloncha hujumni aniq zarbasi bilan yakunlab qo‘ydi.
Caught the Barca Spurs game finally and wow Messi just sublime tonight. To think that crayon sniffing Harry Kane actually said he could be better than him one day... pic.twitter.com/M5icfUd4Ts
— LFC Scout Watch (@Mobyhaque1) 4 oktabrya 2018 g.
Messi yoki hech kim
Yangi futbolchilarni maydonga tashlash «Tottenhem»ga foyda keltirmadi, Lamela o‘yinda hisob 3:2 bo‘lib turgan vaqtda rikoshet orqali to‘pni darvozaga yo‘lladi, Lukas Moura hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandi, ammo uning zarbasini Lengle to‘sib qoldi.
O‘yinning oxirgi daqiqalarida esa «Tottenhem»ning hujumga o‘tib ketganidan foydalangan mehmonlar to‘rtinchi golni urishdi. Messi markazda yolg‘iz qoldirildi va u o‘yinni bilyardcha zarbasi bilan yakunlab berdi.
GOAL! Leo Messi (2-4) #SpursBarça pic.twitter.com/JgbiKZvAo3
— Media Cules Goal (@mediaculesgol09) 3 oktabrya 2018 g.
PSV (Niderlandiya) – «Inter» (Italiya) 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 27 Rosario, 1:1 – 44 Nainggolan, 1:2 – 60 Ikardi.
PSV – Zut, Dumfris, Shvaab, Virgever, Tasende, Rosario, Xendriks, Pereyro (Malen, 75), Losano, de Yong, Bergveyn.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Brozovich, Politano (Kandreva, 90), Nainggolan (Valero, 86), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Xandanovich (41), D`Ambrozio (45), Asamoa (86).
O‘yin avvalida eyndxovenliklar jamoasi tvitteri va milanliklar jamoasi tvitteri o‘rtasida bahs kechdi - tomonlar sobiq futbolchi Ronaldo qaysi sobiq klubiga muxlislik qilishi haqida tortishdi. Vaziyatga fenomenning o‘zi aralashdi va ikki klub ham faoliyatida muhim o‘rin tutganini bildirdi.
O‘yinda hisob mezbonlar tomonidan ochildi, Losanodan pas qabul qilib olgan Rosario to‘pni Xandanovich qo‘riqlagan darvozaning «to‘qqizligi»ga yo‘lladi. Yosh futbolchi Chempionlar ligasidagi 100-gol muallifiga aylandi.
Pablo Rosario scored a #Golazo to give #PSV the lead against #InterMilan, a banger into the top corner from distance.#PSVINT #UCL 🔥 pic.twitter.com/Jb66gic0Ny
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
Ko‘rinishidan, Luchano Spalletti jamoasi o‘yinga kirishishi uchun gol o‘tkazishi kerakdek edi. O‘tgan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham milanliklar irodali g‘alabaga erishishdi. Tanaffusgacha Naingollan raqib himoyasidagi xatolardan keyin muvozanatni tikladi.
Radja Nainggolan's banger against PSV! 1-1! pic.twitter.com/4uJfsj5s4b
— ItalianFootballTV (@IFTVofficial) 3 oktabrya 2018 g.
O‘yin bir tomondan «Inter» uchun omadli keldi, ikkinchi bo‘limda Perreyroning zarbasi to‘sindan qaytdi. Keyin Ikardi Vesinoning uzatmasini golga aylantirdi. Chempionlar ligasida o‘ynashni orzu qilib kelgan Mauro Ikardi ikki o‘yinda ham gol urmoqda.
GOAL... !!!
— Prediction Time (@Prediction_Time) 3 oktabrya 2018 g.
PSV 1 - 2 Inter Milan
(60' Icardi) #PSVINT #UCL #MatchdayLive
[GIF From all football app] pic.twitter.com/Nw01w3DK5M
O‘yin oxirida Xandanovich jamoani muqarrar goldan qutqardi, u raqibning qaychi uslubida yo‘llagan zarbasini bartaraf eta oldi.
BATMANOVIC 🦇 to the rescue pic.twitter.com/Tb21aDU7E0
— InterYaSkriniar (@InterYaSkriniar) 3 oktabrya 2018 g.
Bu guruhda endilikda «Barselona» va «Inter» 6tadan ochko jamg‘argan, «Tottenhem» Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi uchinchi o‘rinda, «PSV»da ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat kam.
Neymarning Parijdagi konserti
S guruhi
«PSJ» (Fransiya) – «Tsrvena Zvezda» (Serbiya) 6:1 (4:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 20 Neymar, 2:0 – 22 Neymar, 3:0 – 37 Kavani, 4:0 – 41 Di Mariya, 5:0 – 70 Mbappe, 5:1 – 74 Marin, 6:1 – 81 Neymar.
PSJ – Areolya, Mene, Tiago Silva (Kerer, 76), Kimpembe, Bernat, Verratti, Rabo, Mbappe (Shupo-Moting, 76), Neymar (Draksler, 82), Di Mariya, Kavani.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Stoykovich, Savich (Babich, 46), Degenek, Rodich, Krstichich, Yovichich, Marin, Chaushich, Simich (Pavkov, 46), Ben-Nabuan (Ebesilio, 73).
Ogohlantirishlar: Stoykovich (68), Pavkov (75).
Bu guruhdagi birinchi o‘yinda «PSJ» Serbiya klubi ustidan kutilgan g‘alabani rasmiylashtirdi. Serblar jamoasi muxlislari pley-off bosqichida Zaltsburgdagi ikkinchi o‘yindan keyin qo‘lga kiritilgan turnir yo‘llanmasini me'yoridan ortiq xursandchilik bilan nishonlashgani uchun jamoa keyingi ikki safar o‘yinida o‘z muxlislari qo‘llab-quvvatlovidan mahrum etilgandi. Parijda ushbu jamoaning rasmiy o‘yinlardagi 34 uchrashuvdan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi.
Ichki chempionatda seriyani davom ettirish boshqa ish, Neymarga qarshi o‘ynash boshqa ish. Uning jarima zarbasidan urgan birinchi goli va uning ortidan kelgan ikkinchi gol mehmonlar himoyasini parokanda etib tashladi. Natijada tanaffusga qadar darvoza yana ikki marta ishg‘ol etildi, «PSJ» YeChLda ilk marta birinchi bo‘limda 4 gol urishga erishdi.
Replay of Neymar’s first goal of the game, a really well taken free kick #PSGFKCZ pic.twitter.com/fLERIlBLs7
— GFFN Match Zone (@GFFNMatchZone) 3 oktabrya 2018 g.
Ikkinchi bo‘limda ham Neymar ko‘p ishga ulgurdi. U himoyachilarni uyoqdan-buyoqqa choptirib, Mbappening goliga zamin yaratdi.
Le but de Mbappé avec un travail extroardinaire de Neymar. #PSGFKCZ pic.twitter.com/eU9SYmoKdh
— Mbappé FR (@KMbappeFr_) 3 oktabrya 2018 g.
U o‘z konsertini qanday boshlagan bo‘lsa, shunday yakunladi. O‘yindagi yakuniy hisobni u yana jarima zarbasini golga aylantirish orqali o‘rnatdi.
#PSGFKCZ - Le deuxième superbe coup-franc inscrit par Neymar dans ce match qui permet au PSG de mener 6-1 : pic.twitter.com/KbukFtxy0R
— La Causerie de L1 Vidéos (@CDL1Videos) 3 oktabrya 2018 g.
Endi u Kaka bilan birga YeChLda eng ko‘p gol urgan ikki braziliyalikning biri bo‘lib turibdi. Endi uning galdagi vazifasi bu reytingda birinchi o‘ringa chiqish va YeChLda ilk het-trikini qayd etish.
«Napoli» (Italiya) – «Liverpul» (Angliya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Insine.
Napoli – Ospina, Maksimovich, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Gamshik (Zelinski, 81), Fabian Ruis (Verdi, 68), Insine, Milik (Mertens, 68).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Milner (Fabino, 76), Veynaldum, Keyta (Xenderson, 19), Saloh, Firmino, Mane (Starrij, 89).
Ogohlantirishlar: Kulibali (25), Milner (45).
Kunning eng intrigali bahsi birinchi bo‘limi deyarli hech bir jihati bilan yodda qolmadi, faqat 19-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etgan Keytani hisobga olmaganda. «Liverpul» o‘yin davomida darvoza tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi, yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan neapolitanliklar ham Alissonni dog‘da qoldiraverishmadi. Vaziyatlardan birida braziliyalik darvozabon ham ojiz qolgandi, ammo Mertensning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi.
So close for #Napoli! Dries Mertens redirects Rui's cross and Alisson was beaten, but it hit the crossbar! #LFC very fortunate that it's still 0-0, they've been outplayed by the home side.#NapoliLiverpool #UCL pic.twitter.com/21IapWvK3N
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
Barcha o‘yin durang hisob bilan yakunlanishini kutayotganida Kallejon bunga qarshi chiqdi va Insineni bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi. Yillar o‘tadi, an'analar o‘zgarmaydi, Karlo Anchelotti yevrokuboklarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazgan beshinchi o‘yinida to‘rtinchi g‘alabaga erishdi (Bungacha u «Milan» va «Real» boshqaruvida mersisaydliklarni jami 3 marta mag‘lub etgandi, 2005 yil Istanbul finalida esa asosiy vaqt durang bilan yakunlangan, penaltilar seriyasida «Liverpul» ustun kelgan).
LORENZO INSIGNE!!! #Napoli finally break through and take the 1-0 lead over #LFC in the 90th minute!!!! Excellent team move, ending with Callejon crossing for Insigne to slide home!#NapoliLiverpool #UCL #ForzaNapoliSempre pic.twitter.com/r9EjMvWqTL
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
Bu guruhda vaziyat chigallashgandan chigallashmoqda. Guruh favoritlari sifatida qaralgan «Liverpul» hamda «PSJ» 3tadan ochko bilan 2 va 3-o‘rinlarda joylashgan, birinchi o‘ringa esa «Napoli» chiqib olgan. «Tsrvena Zvezda» uchun YeChLga qaytish omadli kelmadi.
«Portu» «Shalke»ga yetib oldi
D guruhi
«Portu» (Portugaliya) – «Galatasaroy» (Turkiya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 49 Marega.
Portu – Kasilyas, Maksi Pereyra, Felipe, Eder Militao, Telles, Errera (Serjiu Oliveyra, 89), Danilu Pereyra, Otavio (Andre Pereyra, 80), Korona (Oliver Torres, 69), Marega, Braimi.
Galatasaroy – Muslera, Linnes, Maykon, Aziz, Nagatomo, Fernando (Akgyun, 86), Donk (Inan, 68), Belxanda (Feguli, 74), Onekuru, Gumush, Rodrigesh.
Ogohlantirishlar: Donk (31), Eder Militao (42), Aziz (44), Linnes (54), Otavio (58), Danilu Pereyra (60), Maykon (90).
Ikki jamoa ham o‘yinni asosiy yetakchi hujumchilarisiz boshlashdi. Mezbonlarda Vensan Abubakar jiddiy jarohat olib safdan chiqqan, Fotih Terim ham Derdiyokka dam bergan. O‘yin darvozabonlar uchun ataldi, Kasilyas ham, Muslera ham ko‘p vaziyatlarda jamoalarini qutqarishdi. Vaziyatlardan birida urugvaylik darvozabon Braimining o‘ta noqulay zarbasini bartaraf etoldi.
👐 Muslera’nın çıkardığı inanılmaz pozisyon! pic.twitter.com/ZVTjcAYlWn
— scofield𝙏𝙑 (@sco1905TV) 3 oktabrya 2018 g.
Ammo ikkinchi bo‘limda turk himoyachilari burchak zarbasi amalga oshirilganida Mareguni ko‘zdan qochirishdi va «Portu» Chempionlar ligasida 75-g‘alabasini nishonlashiga imkon berishdi.
Moussa Marega opens the scoring for #FCPorto at the Dragão! Corner whipped in by Alex Telles, and Marega was somehow left unmarked for a free header. Terrible defending by #Galatasaray.#FCPGS #UCL #SomosPorto pic.twitter.com/280BoJefhW
— #ThankYouDeuce (@JogaBonito_USA) 3 oktabrya 2018 g.
«Lokomotiv» (Rossiya) – «Shalke» (Germaniya) 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 88 Makkenni.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Kverkveliya, Xevedes, Idovu, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk (Denisov, 72), Miranchuk (Jyemaletdinov, 83), Fernandesh, Eder.
Shalke – Fermann, Kalidjuri, Sane, Naldo, Mendil, Maskarel (Serdar, 46), Rudi (Bentaleb, 55), Ut, Makkenni, Konoplyanka, Embolo (Burgshtaller, 72).
Ogohlantirishlar: Maskarel (18), Xevedes (19), Kverkveliya (43), Ignatev (45), Makkenni (52).
«Shalke» bu o‘yinga Bundesliganing bosh omadsizi sifatida tashrif buyurgandi. Startda qatorasiga 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan rurliklar jamoasi faqat o‘tgan haftadagina mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi («Maynts» ustidan) va ayni vaqtda 18 jamoa ichida 17-o‘rinda joylashib turibdi. Jamoa bu turnirda oxirgi bor 2015 yilda o‘ynagan va ishtirokini safarda «Real» ustidan g‘alaba qozonish bilan yakunlagandi (ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra mag‘lubiyat).
«Lokomotiv» ham mavsumni o‘ta yomon boshlagan, faqat «Ahmat» ustidan qozonilgan g‘alaba jamoani turnir jadvalining quyi qismidan yuqoriga olib chiqqan.
O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. «Shalke»ning ahyon-ahyon hujumga chiqishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanaverdi. Faqat o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Makkenining zarbasi aniq chiqdi. «Loko»da vaziyatni o‘nglash uchun vaqt qolmadi.
Endi ushbu guruhda «Portu» va «Shalke» 4tadan ochkoga ega, «Galatasaroy» 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda, nisbatan oson guruhga tushgan bo‘lsada, Rossiya chempioni oxirgi o‘rinda qolmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 24.11.2024
«Siti» yana 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024