Surxondaryo yo‘llarida postlar yana ishga tushgani haqiqatmi?
Yaqinda KUN.UZ tahririyatiga surxondaryolik bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatga ko‘ra, viloyat ichki yo‘llarida o‘tgan yili olib tashlangan tumanlararo ba'zi yo‘l-patrul postlari faoliyati yana qayta ishga tushirilgani va bu hol haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirayotgani haqida edi.
Ayni paytda KUN.UZ muxbirlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular murojaatda keltirilgan Termiz – Denov yo‘li bo‘ylab o‘tishgan. Biroq u yerda postlar yo‘qligi, biror yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinalarni to‘xtatib, haydovchilarning vaqtini olib, ularni asossiz tekshirish bilan shug‘ullanmayotganiga guvoh bo‘lishgan.
Muxbirlarimiz bu borada mahalliy haydovchilarni suhbatga tortishganida, ular bir necha kun avval paxta masalalari bilan bog‘liq xavfsizlik chora-tadbirlari nuqtai nazaridan postlar ma'lum vaqt ishlagani va hozirda ular yana o‘z faoliyatini to‘xtatganini aytishgan.
Ayni damda Termiz – Jarqo‘rg‘on – Qumqo‘rg‘on – Sho‘rchi – Denov – Sariosiyo – Uzun tumanlari oralig‘ida yo‘l-patrul postlari faoliyatiga duch kelinmagan. «Biroq yo‘lda bir qancha fotoradarlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan», deb xabar beradi KUN.UZ muxbiri Surxondaryo viloyatidan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida, ko‘plab yo‘l-patrul postlari ichki turizm rivojlanishiga va oddiy aholining harakatlanishiga salbiy tasir etayotgan omillardan biri bo‘layotganini ta'kidlab o‘tgan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024