Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya prezidenti ilk bor ayol kishi bo‘lishi mumkin
Nigeriyaning sobiq ta'lim vaziri Obi Ezekvesili mamlakat prezidenti saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi. Saylovlar 2019 yil fevralda bo‘lib o‘tadi, ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlar topshirish 8 oktabrda tugagan.
Saylovlarda hammasi bo‘lib 9 nomzod ishtirok etadigan bo‘ldi. Ular asosida asosiy nomzodlar amaldagi prezident, 75 yoshli Muhammadu Buxoriy va muxolif Xalq demokratik partiyasi nomzodi, 72 yoshli Atiku Abubakar hisoblanadi. Aynan shu ikki partiya vakillari mamlakatda harbiy boshqaruv yakunlangan 1999 yildan beri prezident lavozimini egallab kelishadi.
VVS News Ezekvesilini prezident lavozimiga nomzodini qo‘ygan eng atoqli ayollardan deb atagan. Ayol nomzodi Nigeriya birlashgan kongressi partiyasidan ilgari surilgan.
Ezekvesili 55 yoshda bo‘lib, o‘z vaqtida Jahon banki vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan. Siyosatchi, shuningdek, 2014 yilda jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 276 qiz o‘quvchini qutqarish bo‘yicha kampaniyaga boshchilik qilgan. Kuzatuvchilar ayolga asosan yoshlar ovoz berishini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa Nigeriyada 50 foizni tashkil qilishini aytishmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025