Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel mukofoti laureati: insoniyat is gazi ajralib chiqishini kamaytira oladi
2018 yilgi Nobel mukofoti laureati Pol Romer insoniyat is gazi ajralib chiqishini kamaytira olishini aytdi.
Foto: Getty Images
"Insoniyat is gazi ajralib chiqishini kamaytira oladi. Biz uni kamaytirishga harakatni boshlar ekanmiz, bu biz o‘ylagandek murakkab emasligini ko‘rib hayratda qolamiz", - dedi u.
U ozon tuynuklari aniqlangan davrdagi xavotirlarni yodga oldi. Uning aytishicha, o‘shanda bu muammoni hal qilish o‘ta qimmat va qiyin deb o‘ylashgan. U hozirda "barchasi to‘g‘ri bajarilsa mazkur muammoni hal qilish mumkin", - deb ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Uilyam Nordxaus va Pol Romerga innovatsiyalar, iqlim va iqtisodiyot sohalaridagi tadqiqot uchun iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berildi.