Jahon | 08:59 / 09.10.2018
8953
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada sayyoh 35 ming yevrolik uzukni yutib yubordi

Foto: AFP/ Ilyas Akengin

Turkiyaning Marmarisidagi zargarlik do‘konidan irlandiyalik sayyoh tomonidan yutib yuborilgan 35 ming yevrolik brilliant uzuk egasiga qaytarildi.

Ma'lum qilinishicha, 54 yoshli sayyoh bir nafargina xodim ishlayotgan do‘konga kirib, uzukni ko‘rsatishni so‘rab, so‘ngra uni yutib yuborgan. 

Sayyoh politsiyada aybini tan olmagan, biroq kuzatuv kameralaridan olingan video ko‘zdan kechirilgach hibsga olingan. Shifoxonadagi ko‘rik uzuk erkak ichida ekanligini ko‘rsatgan.

Politsiya uzuk tabiiy yo‘l bilan chiqishini kutgan, biroq uni jarrohlik yo‘li bilan olishga to‘g‘ri kelgan. 

Erkak bu ishini Irlandiyadagi avtohalokatda rafiqasini yo‘qotgani, mashina ko‘lga tushib ketgani, rafiqasining brilliant nikoh uzugi topilmagani bilan tushuntirgan. “Bu voqeadan keyin brilliant uzuklarni ko‘rsam aqlimni yo‘qotaman. Men ularni ko‘rgan har safar rafiqam esimga tushadi”, deb aytgan sayyoh. Uning ta'kidlashicha, u bunday onlarda uzukni olishga kuchli xohish sezadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid