Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol sobiq rahbarining rafiqasi tahdidlar haqida ma'lum qildi
Interpol sobiq rahbari Men Xunveyning rafiqasi Greys Men o‘z hayoti uchun tashvishda ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda u CNN’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Interpol prezidenti lavozimini egallagan Men Xunvey sentabr oyining oxirida yo‘qolib qoldi. Keyinchalik, u Xitoyda hibsga olingani, hukumat uni korrupsiyada gumon qilayotgani aniqlandi. Xunvey tashkilot rahbari lavozimidan iste'foga chiqarildi.
Greys Menning tan olishicha, turmush o‘rtog‘i g‘oyib bo‘lganidan keyin unga noma'lum shaxs tahdidlar bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Shuningdek, uning aytishicha, otasi bilan nima yuz berganini o‘zining ikki nafar yetti yoshli o‘g‘illaridan yashirib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Interpol sobiq rahbari korrupsiyada gumon qilinayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
17:57 / 26.05.2025