Jahon | 10:26 / 11.10.2018
87332
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov uni «sharmanda qilgan» chechenistonlikka darhol Grozniyga kelishni buyurdi

Foto: RIA Novosti

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov metroda yonida o‘tirgan yo‘lovchiga banka otgan noma'lum yigitning xatti-harakatlariga keskin munosabat bildirdi.

Internetda paydo bo‘lgan videoda shaxsi aniqlanmagan yosh yigit energetik ichimlik bankasini yonida o‘tirgan odamga qarata otishi tasvirlangan. Shu bilan birga, ushbu shaxs shunday degan: «Axmat - kuch». Bildirilishicha, yigit Checheniston rahbariga aloqador bo‘lgan sport klubini nazarda tutgan.

Qodirov o‘zining telegram-kanalida bu yigitga ultimatum qo‘ydi: o‘z yaqinlari bilan darhol Grozniyga yetib kelish. Shuningdek, Checheniston rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bu harakat o‘ziga juda yomon ta'sir qilgan.

«Bugun men juda ham g‘azabdaman», - deb yozadi siyosatchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, videoning muallifida bu talabni bajarish uchun bir necha soat vaqti bor, aks holda u juda afsuslanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqqandi.

Mavzuga oid