Jahon | 23:42 / 12.10.2018
8440
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Belgiya bilan chegarada to‘siq quradi

Fransiya hukumati Afrika cho‘chqa o‘latidan himoyalanish maqsadida Belgiya bilan chegarasida to‘siq quradi. Bu haqda Republicain Lorrain nashri ma'lum qildi. To‘siq qurilishi 13 oktabrda boshlanadi.  

Ta'kidlanishicha, Fransiya hukumati to‘siq o‘latdan himoya qilishiga umid qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, sentabrda Belgiyaning Lyuksemburg va Fransiya bilan chegaradagi Lyuksemburg viloyati janubida Afrika cho‘chqa o‘latidan o‘lgan 5 ta to‘ng‘iz aniqlangan. Keyinroq u yerda yana 40 ga yaqin o‘lik to‘ng‘iz topilgan, ulardan 28 tasida o‘lat virusi borligi aniqlangan. 

Bundan avvalroq Daniya Afrika cho‘chqa o‘lati tarqalishi oldini olish uchun Germaniya bilan 68 kilometrlik to‘siq qurishni ma'qullagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid