Light | 17:35 / 12.10.2018
44328
2 daqiqa o‘qiladi

Kuzda organizmni qo‘llab-quvvatlovchi meva nomi ma'lum qilindi

Foto: Pixabay

Kuzgi mavsumda kasal bo‘lmaslik uchun nok iste'mol qilish kerak. Nok immun tizimini mustahkamlash bilan birga yurakni sog‘lomlashtirish uchun ham foydalidir, deyiladi "Ortodoks" tibbiy nashrida. 

Nokning salomatlik uchun foydali tomoni shundaki, unda leykotsitlarni mustahkamlovchi juda kuchli ta'sirga ega elementlar mavjud. Ushbu qon hujayralari endogen va ekzogen moddalar ta'siridan himoyalaydi. Bundan tashqari, nok tarkibida mis bo‘lib, u sog‘liq uchun muhim mikroelementlarni o‘zlashtirishni yaxshilaydi. 

Shuningdek, bu mevada pektin bor, bu esa jigar va buyraklar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. U organizmdan turli toksinlarning chiqishiga olib keladi.  

Nok ko‘p ovqatlanish va ortiqcha vazn to‘plashning oldini olishi bilan ham katta ahamiyatga ega, zero kuzgi-qishki mavsumda ko‘pchilik vazn to‘playdi. Bu mevadan tayyorlangan murabbo buyraklar kasalliklari va sistitga yo‘liqqa kishilar uchun ayni muddaodir.

Kuzgi mavsumda kasal bo‘lmaslik uchun shifokorlar qator mahsulotlar nomini e'lon qilishdi. Bular - qizil piyoz, kale karami, brokkoli, qizil olmalar va chernika. Yuqori nafas yo‘llariga yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi tovuq sho‘rva haqida ham unutmaslik kerak. 

 

Mavzuga oid