Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi toshqinlar oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Fransiya janubida sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ta'kidlanishicha, gap Od departamenti haqida borib, bu yerda bir necha soat ichida 3 oylik me'yordagi yomg‘ir yog‘gan.
Buning oqibatida Od daryosi toshib, toshqinlarga olib kelgan. Turar joy va ma'muriy binolar, yo‘llarga shikast yetgan. Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, 5 kishi og‘ir jarohat olgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Pezan kommunasida mingdan ko‘proq odam to‘g‘onning o‘pirilishi xavfi sababli evakuatsiya qilingan.
Toshqinlarni kuzatish davlat xizmatining baholashicha, ushbu toshqinlar Od departamentidagi oxirgi 130 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat barcha ta'lim muassasalarini yopishga qaror qilgan. Aholidan uylarini tark etmaslik va qutqaruvchilar tavsiyalariga amal qilish so‘ralgan.
Shuningdek, Fransiya janubidagi yana olti departament: Averon, Yuqori Garonna, Ero, Tarn va Garonna, Sharqiy Pireneyalar va Tarnda meteoroligik xavflilikning oxiridan bitta oldingi darajasi kiritilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025