Jahon | 08:17 / 15.10.2018
3354
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuksemburgda o‘tgan parlament saylovlari natijalari ma'lum bo‘ldi

Ksave Bettel/Foto: EPA

Lyuksemburgda o‘tgan parlament saylovlarida konservativ Xristian-sotsial xalq partiyasi 28,31 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. 

2-o‘rinni 17,6 foiz ovoz bilan sotsial-demokratik Lyuksemburg sotsialistik ishchi partiyasi, 3-o‘rinni 16,9 foiz ovoz bilan liberal markaziylashgan Demokratik partiyasi egallagan. 

Lyuksemburg parlamentining quyi palatasi – Deputatlar palatasi 60 deputatdan iborat bo‘lib, hukmron koalitsiya kamida 31 deputatning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lishi kerak.

Mahalliy kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, Ksave Bettel hukumati hokimiyatda qolishi mumkin, biroq katta ehtimol bilan uni o‘zgarishlar kutmoqda.

14 oktabrda o‘tgan saylovlarda 259 mingdan ko‘proq lyuksemburglik ishtirok etgan. Dunyoning eng mitti davlatlaridan birida aholining taxminan 40 foizi ovoz berish huquqiga ega, chunki uning katta qismini xorijliklar – portugallar, nemislar, fransuzlar va belgiyaliklar tashkil qiladi. Ular parlament saylovlarida ovoz bera olmaydilar.

Mavzuga oid