Mamayev va Kokorin do‘pposlagan mulozimlar orden bilan mukofotlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin aka-uka Kokorinlar va Pavel Mamayev tomonidan do‘pposlangan mulozimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Minpromtorg departamenti direktori Denis Pak «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, «NAMI» tashkiloti bosh direktori Sergey Gaysin Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlandi.
Minpromtorg va «NAMI» prezident korteji va Aurus-41231SB «Senat» xizmat mashinasini loyihalashtirish bilan shug‘ullangan edi. Unga 12 milliard rubldan ortiq mablag‘ sarflandi. Putin may oyida o‘tkazilgan inauguratsiya marosimiga ilk marotaba shu mashinada kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi ochdi va ishtirokchilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Mavzuga oid
01:16 / 22.01.2020
Yana Kokorin. «Sochi» uni ijaraga olganini e'lon qildi, hujumchining o‘zi va Semak bu xabardan hayron
22:10 / 28.09.2019
Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi
11:47 / 17.09.2019
Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi
12:16 / 06.09.2019