O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma'lum bo‘ldi
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1961 kishini, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 14195 kishini tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinishga ega: Qozog‘iston - 31%, Tojikiston - 28,3 va Rossiya - 25,3%. Shuningdek, Turkmaniston - 3,7%, Qirg‘iziston - 2,4%. Yana 9,3% - boshqa mamlakatlar.
O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning taqsimlanishi esa shunday aks etdi: Qozog‘iston - 48,1%, Rossiya - 46%, AQSh - 1,3%. Undan keyingi pog‘onalarni Isroil - 0,7%, Qirg‘iziston - 0,5% bilan joy oldi. Yana 3,4% boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9 oyda 14 ming kishi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan ko‘chib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024