Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadal tarixdagi eng yaxshi tennischi kimligini aytdi
Jahonning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadalning fikricha, shveysariyalik Rojyer Federer tarixdagi eng yaxshi tennischi sanaladi.
«Men buni boshqalar aytganda his qilmayman, chunki men bu haqiqat ekanligiga yuz foiz aminman. Boshqa o‘yinchilar uning natijalarini takrorlashi qiyin bo‘ladi. Lekin menimcha, faqatgina «Katta dubulg‘a» musobaqalari bo‘yicha o‘yinchining natijalarini tahlil qilish unchalik to‘g‘ri emas. Dunyoda hamma biladiki, tennis - bu faqat «Katta dubulg‘a» emas. Boshqa ko‘plab narsalar mavjud.
Rojyer boshqa musobaqalarda ham ajoyib natijalarga erishdi. Lekin, albatta, «Katta dubulg‘a» turnirlarida eng ko‘p yutuqni u qo‘lga kiritgan.
Men Rod Leyver qanday o‘ynaganini hech qachon ko‘rmaganman, lekin uning tarixini bilaman. U «Katta dubulg‘a» turnirlarida bir necha yil davomida o‘ynamadi, chunki professionalga aylandi. U ikki marta «Katta dubulg‘a»ning to‘rttadan musobaqasida g‘alaba qozongan. Shuning uchun, hozirgi paytda tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi haqidagi masala menga va Rojyerga emas, balki Rod Leyver hamda Rojyerga tegishli. Lekin men Rod qanday o‘ynaganini hech qachon ko‘rmaganman.
O‘z faoliyatim haqida gapirar ekanman, men orzu qilgan narsalardan ko‘prog‘iga erishdim. Umid qilamanki, menda g‘alaba qozonishni davom ettirish uchun imkoniyatlar bo‘ladi. Men bunga harakat qilaman. Mening faoliyatim tugaganidan so‘ng, tennis tarixidagi qanday o‘rinni egallashimni ko‘ramiz», - deya Nadalning so‘zlarini keltiradi Daily Express.
Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
08:00 / 05.08.2024