Sport | 09:09 / 17.10.2018
20332
2 daqiqa o‘qiladi

Dana Uayt Xabib Nurmagomedovning UFC’da qolishini ma'lum qildi   

Foto: Isaac Brekken/Getty Images

Mutlaq jangchilik chempionati UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov chempionatdagi ishtirokini davom ettirishini ma'lum qildi.

“Bizda hammasi risoladagidek. Xabib bilan munosabatlarimiz yaxshi. Uning keyingi raqibi kim bo‘lishini bilmayman, biz hali bu haqida gaplashmadik. Keling, unga g‘alabadan zavqlanishga ijozat beraylik, keyin esa bu masalani hal qilamiz. Xabib UFC’da qoladi. Tuxugov bilan nima bo‘ladi? Hozircha buni bilmayman”, deb aytgan Uayt.

6 oktabrda Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangini ishonchli g‘alaba bilan yakunlagach, oktagondan chiqib ketib, raqibining murabbiyi bilan mushtlashib ketgan. Bu vaqtda Xabibning jamoasi a'zosi, UFC jangchisi Zubayra Tuxugov oktagonga tushib, Makgregor bilan mushtlashib ketgan.

Keyinroq Uayt janjalga aloqadorlar UFC’da boshqa ishtirok etmasliklarini aytgan. Shunga ko‘ra Tuxugov irlandiyalik jangchi Artyom Lobovga qarshi jangdan olingan. Jang 27 oktabrga rejalashtirilgan edi. Nurmagomedov Tuxugovning yonini olib, agar UFC Zubayrani janglardan chetlatsa, u tashkilot bilan shartnomani bekor qilishini aytgan.

Mavzuga oid