Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qoshiqchining qotillari Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqador
Muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchini o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar Saudiya Arabistoni valiahdi shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan aloqalarga ega. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, shubhali shaxslardan biri shahzodaga chet elga safarlarda bir necha bor hamrohlik qilgan, fotosuratlarda u qo‘riqchilar oldida turibdi. Yana bir gumonlanuvchi - Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligida yuqori lavozimga ega bo‘lgan sud shifokori.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, turk politsiyasi tomonidan aniqlangan 15 nafar gumondorning kamida to‘qqiz nafari Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmati, harbiy idoralar va vazirliklarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristin Lagard Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025