O‘zbekiston | 08:55 / 17.10.2018
103993
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga o‘sishni ta'minladi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ta'lim sohasida 21 858ta muassasada 998,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,3%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 11461,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 29,0%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 275,8 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,1%ga o‘sdi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 603ta korxonada 457,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 10494,9 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 26,5%ni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2550,9 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 28,6%ga o‘sdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1414ta muassasada 431,4 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 16,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4215,4 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 10,7%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1085,7 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,7%ga o‘sdi.

Moliyaviy va sug‘urta faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 172ta muassasada 67,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 2,6%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1943,0 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 4,9%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3213,1 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 27,6%ga o‘sdi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 203ta korxonada 115,7 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 4,4%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 2458,2 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 6,2%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2361,2 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 23,7%ga o‘sdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid