Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh tomonga 4 ming kishidan iborat “muhojirlar karvoni” harakatlanmoqda
AQShning janubiy chegaralari tomon 4 ming kishidan iborat “muhojirlar karvoni” harakatlanmoqda. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qildi.
“Gondurasdan qochayotgan muhojirlar karvoni 4 ming kishiga yetdi. Meksika hukumati Gvatemala bilan chegarasiga bu muhojirlarning kelishiga yana 500 politsiyachi jo‘natdi”, deb yozgan telekanal tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Gvatemala, Gonduras va Salvador hukumatlariga agar ular “muhojirlar karvoni”ning o‘z chegaralaridan qarshiliksiz o‘tishini hal qila olmasalar, ularni moliyaviy yordamdan mahrum qilish bilan tahdid qilgan. Ta'kidlanishicha, karvon tarkibida ushbu uchta davlat fuqarolari ham bor.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025