Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi huzurida ikkita jamg‘arma tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi va Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi Boshqaruv kengashi tarkibi;
Umumta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha mol-mulki, shu jumladan, mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzurida qayta tashkil etilayotgan byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
qayta tashkil etilayotgan Jamg‘arma huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
b) 2019 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash
va jihozlash (to‘liq jihozlash) ishlari bo‘yicha majburiyatlari va ularni moliyalashtirishga yetarli mablag‘lari (shu jumladan, 2019 yil 1 yanvar holatiga foydalanilmay qolgan qoldiq mablag‘lari) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta'minlashga qaratilgan byudjyet va homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarning ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya'ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilari, kam ta'minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan bepul ta'minlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari o‘quvchilarini ijara tizimi asosida ta'minlash uchun umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta'lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta'lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta'lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025