Jahon | 09:35 / 18.10.2018
20072
1 daqiqa o‘qiladi

Washington Post Jamol Qoshiqchining so‘nggi maqolasini e'lon qildi

Foto: Hasan Jamali/AP

The Washington Post gazetasi caudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining so‘nggi maqolasini e'lon qildi.

Qoshiqchi yo‘qolib qolishidan avval yozgan maqolasida arab ommaviy axborot vositalarida senzura kuchaygani va davlatning ularga ta'siri oshgani haqida aytadi.

Xususan, u arab jurnalistlarining hibsga olinishiga alohida e'tibor qaratgan, bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari deyarli hech qanday xabar bermasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Qoshiqchining qotillari Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqador ekani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid