O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (batafsil)
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki davlat rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Xususan, marosim davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dasturni va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasini;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bekzod Yo‘ldoshev va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasi nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotini tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi - «Yo‘l xaritasi»ni;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov sanoatning to‘qimachilik, tikuv va trikotaj sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimni;
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov va «Almaz» vakili Andrey Filatov «O‘zbekiston Mustaqilligi» investitsion bloki doirasida «Mustaqillikning 25 yilligi» konini o‘rganish va ishlatish orqali Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha 1-sonli qo‘shimcha bitimni;
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov va «Lukoyl» OAJ prezidenti Vagit Alekperov «O‘zbekneftgaz» va «Lukoyl» o‘rtasida anglashuv memorandumini;
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy madaniy-gumanitar sohalarda 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo hamkorlik dasturini;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vaziri Mixail Kotyukov O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta'lim bo‘yicha ta'lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to‘g‘risida hukumatlararo bitimni;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengashi bilan Rossiya rektorlari ittifoqi Umumrossiya jamoat tashkiloti o‘rtasida bitimni hamda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida fanlararo ilmiy-ta'lim markazni tashkil etish to‘g‘risida bitimni;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Anatoliy Torkunov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida mazkur institut filialini ochish to‘g‘risida bitimni;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Rustam Qosimov va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnomani;
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qutbiyev va Rossiya Federatsiyasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin ijtimoiy mehnat sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo memorandumni;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati direktori Viktor Zolotov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimni;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35 / 24.11.2024