Sport | 03:01 / 21.10.2018
10510
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Barselona" "Sevilya"ni yengib, peshqadamga aylanib oldi

Foto: EPA

Ispaniya chempionati 9-turining markaziy o‘yinida "Barselona" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Maydon egalari safida Koutino, Messi, Suares hamda Rakitich 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning javob gollari Sarabiya hamda Muriel tomonidan kiritildi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" 18 ochko bilan La Liga peshqadamiga aylanib oldi. "Sevilya" esa 18 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani band qilgan. 

Barselona – Sevilya 4:2 (2:0, 2:2)

Gollar: 1:0 – 2 Koutino, 2:0 – 12 Messi, 3:0 – 63, penalti Suares, 3:1 – 79 Sarabiya, 4:1 – 88 Rakitich, 4:2 – 90 Muriel.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich, Buskets, Artur (Serdji Roberto, 67), Messi (Dembele, 26), Suares (Munir, 81), Koutino.
Sevilya – Vatslik, Karrisu, Ker (Merkado, 54), Gomes, Navas, Sarabiya, Banega, Vaskes (Mesa, 69), Arana, Andre Silva (Muriel, 78), Ben-Yyedder.
Ogohlantirishlar: Vatslik (62).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid