Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Italiyaga taklif qilindi
Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Italiyaga tashrif buyurishga taklif qildi. TIV matbuot xizmati xabar berishicha, u bu haqda O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi Otabek Akbarovdan ishonch yorlig‘ini qabul qilish chog‘ida aytib o‘tgan.
Italiya davlat rahbari 18 yillik tanaffusdan so‘ng ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlagan.
Bundan avvalroq Chexiya va Isroil rahbarlari ham O‘zbekiston prezidentiga shunday takliflarini bildirishgandi.
O‘zbekiston prezidenti 2019 yil yanvarida Germaniyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yil boshida Yaponiyaga ham safar amalga oshirilishi ham mumkin.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025