IIV: tanishining 57 ming AQSh dollarini o‘zlashtirgan “ustasi farang” ushlandi
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu yil 21 oktabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda 2014 yil 10 noyabr kuni Charmgaron MFYda yashovchi Sh.M. tanishi J.X.ni uyida unga birgalikda temir oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishlikni aytib, aldov yo‘li bilan 57 ming AQSh dollar pulini olib, bergan va'dasini bajarmay, shu kungacha pullarni qaytarib bermaganligi ko‘rsatilgan. Sh.M. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:32
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025