Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Supervulqonning falokatli otilishi sabablari ma'lum qilindi
Vanderbilt universiteti va Michigan texnologiyalar universiteti (AQSh) olimlari Yangi Zelandiyadagi Taupo supervulqonining otilishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashdi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, u boshqa, nisbatan past otilishlar natijasida magma yuzaga ko‘tarilgani tufayli sodir bo‘lgan. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.
Taupo supervulqoni otilishi yoki Oruanui uyg‘onishi 26,5 ming yil ilgari sodir bo‘lgan. Vulqon faolligi shkalasi bo‘yicha maksimal sakkiz ballga yetgan falokat natijasida 530 kub kilometrga yaqin magma chiqarib tashlangan. Ma'lumki, 350-240 ming yil oldin Taupo yetti marotaba uyg‘ongan, bu Oruanuining kuchiga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Vulqonshunoslar Taupo vulqon zonasidagi ko‘piktosh qatlamlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, har bir kichik otilishda taxminan 50-150 kub kilometr magma chiqarilgan hamda vulqon qatlamlari yuzaga yaqinlashib borgan. Garchi kichik portlashlar superotilish ehtimolini kamaytirgan bo‘lsa-da, magmaning «pog‘onali» ko‘tarilishi vulqonning keyingi faolligiga hissa qo‘shgan. Ming yillar davomida erigan jinslar kichik va nisbatan chuqur bo‘lmagan kameralarga kirib, mayda portlashlarni keltirib chiqargan. Oxir-oqibat, magma Oruanui otilishi uchun yetarli miqdorda to‘plangan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, tadqiqot natijalari Yyellouston kabi supervulqonlarning otilish vaqti va bu qanday sharoitda yuz berishini taxmin qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024