Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamol Qoshiqchining qallig‘i qo‘riqlov ostiga olindi
Turkiya hukumati Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Hadicha Dengizni qo‘riqlov ostiga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qarorni Istanbul gubernatori qabul qilgan. Ayolning qo‘riqlovga olinishining aniq sababi ko‘rsatilmagan.
Hurriyet nashrining xabar qilishicha, Dengiz Istanbul xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan kecha-kunduz qo‘riqlanadi.
Dengiz Turkiya fuqarosi bo‘lib, u Qoshiqchi yo‘qolgan kuni u bilan birga Saudiya Arabistoni konsulligiga borgan. Qoshiqchi konsullikda Dengiz bilan nikoh qurish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak bo‘lgan.
Saudiya Arabistoni 20 oktabrda 2 haftalik rad etishlardan keyin Qoshiqchining konsullikda o‘lganini tan oldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 oktabrda jurnalistning o‘ldirilishi tafsilotlarini oshkor qilishga va'da bergan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025