Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone nomlaridagi yozuvlar nimani anglatadi: Apple buni oshkor etdi
Sizda iPhone smartfonlari nomlanishidagi harflar nimani anglatishi haqida savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak. Buning aniq javobini shu kungacha hech kim bilmagan. Apple’ning marketing vitse-prezidenti Fil Shiller ushbu “sir”ni oshkor etdi.
Ma'lum qilinishicha, iPhone’ning ko‘plab modellari nomlanishidagi harflar hech narsani anglatmaydi. Biroq bundan istisnolar mavjud. iPhone 3GS’da “S” harfi “Tezlik” (Speed) so‘zini bildiradi. 2011 yilda ishlab chiqarilgan iPhone 4S nomidagi “S” harfi esa Siri – ovozli yordamchini bildiradi. iPhone SE’da “SE” harflari “Special Edition” (“Maxsus tahrir”) deganini anglatadi.
5C, 5S, 6S, 7S kabi modellar uchun kompaniya hech qanday tushuntirishlar bermagan. Ayfonlarning so‘nggi modellari nomlanishidagi “XS” va “XR” harflari ham hech narsani anglatmaydi. Biroq Shiller unga “S” va “R” harflari qimmatbaho sportkarlar modellari nomlarini eslatib yuborishini aytgan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025