Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Qo‘chqorov: nonning narxi oshirilmadi, balki erkinlashtirildi
Moliya vazirligi G‘aznachiligida Moliya vazirligi tizimidagi mas'ul mutaxassislar, jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, bu safargi narx-navolarning oshirilishi avvalgilaridan farq qiladi hamda islohotlarga yordam berishi kerak.
“Masalan, nonning narxini bunday olib qaraganda oshirmadik, balki erkinlashtirdik. Davlat hech kimga un ham, non ham, elektr energiya ham sotmaydi. U o‘rtada adolatli savdo bo‘lishini ta'minlashi kerak bo‘lgan tashkilot. Bu islohotlarning maqsadi narxni oshirish emas, balki tagida bozor turibdi”, - dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «buxanka» non narxi noyabrda yana oshishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:18 / 24.03.2025
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
15:32 / 30.01.2025
O‘zbekiston va Pokiston tariflarni pasaytirish bo‘yicha qo‘shma "harakatlar rejasi"ni ishlab chiqadi
08:10 / 10.01.2025