Jahon | 00:55 / 24.10.2018
27781
4 daqiqa o‘qiladi

OAV: Almazbek Atamboyevning boyligi manbalari noma'lumligicha qolmoqda

Foto: RIA «Novosti»

Britaniyaning OpenDemocracy nashri “Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev davridagi elita orasida ehtimoli korrupsiya haqida nimalarni bilamiz?” maqolasini e'lon qildi. Maqolada Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari prezidentligi yillari, uning kadrlar tayinlovi, shuningdek, uning boshqaruvi chog‘ida ehtimolli korruptsion bitimlar tahlil qilib chiqilgan.

Xabar qilinishicha, o‘tgan yilning noyabr oyiga qadar garchi “manbalari noma'lumligicha qolayotgan” bo‘lsa-da, Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning nihoyatda boy prezidenti bo‘lib turgan.

Vakolat muddatlari tugagach, eks-prezident ismi minitsipal mulkni noqonuniy xususiylashtirishdan tortib infratuzilmaviy loyihalar mablag‘larini o‘marishgacha bo‘lgan jinoyat ishlarida tilga olina boshlandi. Atamboyev va uning eng yaqin gumashtalari korrupsiya va noqonuniy faoliyatda ayblangan maqolalar Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘la boshladi.

Oltmish ikki yoshni qoralagan Almazbek Atamboyev o‘z boyligi bilan oshkora maqtanishni ham yaxshi ko‘rardi. 2016 yilda, xorijiy davlatlar elchilari ishonchi yorliqlarini topshirish marosimida Qirg‘iziston prezidenti uning siyosiy karerasi milliarderga aylangach boshlanganini aytib o‘tgan. 2017 yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida eks-prezident (uchinchi shaxsda) maqtangan: “Atamboyev hech qachon o‘g‘rilik qilmagan! U o‘z pullarini o‘zi ishlab topgan! Atamboyev milliarderga aylanganida, bugungi millionerlar o‘z bizneslarini endi boshlashgan edi!”

Biroq eks-prezidentning deklaratsiyalangan daromadi juda kamtar. 2010 yilda u vaqtinchalik hukumatda bosh vazir sifatida 5.944 dollar ishlab topgan. 2015 yilga kelib, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Atamboyev 111.205 dollar, uning rafiqasi Raisa Atamboyev 580.860 dollar daromad ko‘rishgan.

Biroq, hashamatli boyliklarga e'tibor qaratilsa, sobiq prezident oilasi prezidentlik chog‘ida ancha ko‘paygan, biroq kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan yanada kattaroq moliyaviy resurslarga ega ekanligi oydinlashadi.

Shunday obektlardan biri — Bishkekdan janubroqda joylashgan, 2016 yilda qurilgan Qo‘ytoshdagi uch qavatli saroydir. Prezidentlikka saylanganiga qadar Atamboyev Bishkekning sharqidagi ko‘zga tashlanmas uyda istiqomat qilgan.

2018 yilning martida sobiq prezident Bishkekdagi davlat prezident qarorgohi hududida maydoni 300 kvadrat metr bo‘lgan yozgi villa quradi.

Nashrning yozishicha, endi, Almazbek Atamboyev davridagi sobiq bosh vazir (Sapar Isaqov) qamoqxonada, uning maslahatchisi (Ikromjon Ilmiyanov) mamlakatdan chiqarib yuborilgan bir paytda sobiq prezident ham “mamlakatdan chiqib ketish” tadorigini ko‘rmoqda.

22 oktabr kuni sobiq prezident Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi sifatida Osiyo siyosiy partiyalarining xalqaro konferensiyasi Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Moskvaga yo‘l olgan. Atamboyevning o‘zi Sankt-Peterburgga yaqin qarindoshlaridan birining dafn marosimiga otlanayotganini aytib o‘tgan, bu esa faollarning fikricha, ehtimolli sudlanish tahdidi ostida mamlakatdan qochish uchun bir bahonadir.

Mavzuga oid