Jahon | 10:56 / 25.10.2018
21892
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyot Google xaritalarida aniqlandi

Britaniyalik havaskor izquvarning aytishicha, Google xaritalarida Malaysia Airlines MH370 reysi bilan parvoz qilgan va 2014 yilning mart oyida radarlardan yo‘qolgan Boeing 777 samolyoti parchalarini aniqlagan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Foto:  Google Earth

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u Andaman dengizining Tailand va Myanma sohillarida cho‘kib ketgan layner shaklini ko‘rib qolgan. Jurnalistlar britaniyalikning topilmasi bilan aviatsiya xavfsizligi sohasida ishlaydigan mutaxassisga murojaat qilishdi. U dengizga cho‘kib ketgan samolyot haqidagi nazariyani tasdiqladi va fotosuratda haqiqatdan ham MH370 tasvirlangan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Bu uning qo‘pol radar pozitsiyalaridan biri edi... Men bu o‘sha samolyot bo‘lishi mumkinligini his qilyapman. Hamma gap uning shaklida», - deya ma'lum qildi mutaxassis.

Boeing 2014 yil mart oyida, Kuala-Lumpur-Pekin reysi vaqtida yo‘qolib qoldi. Uning bortida 239 kishi bo‘lgan. Samolyot izsiz g‘oyib bo‘lganidan so‘ng o‘tgan to‘rt yil mobaynida u qayerda bo‘lishi mumkinligiga doir ko‘plab nazariyalar paydo bo‘ldi.

Mavzuga oid