Sport | 15:23 / 26.10.2018
4574
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» portugal klublari bilan bahslardagi salbiy an'anasiga chek qo‘ydi

Foto: AP

«Arsenal» Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-turida «Sporting» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, klubning g‘alabali seriyasi 11 ta o‘yinni tashkil etmoqda.

Jamoa 2007 yil oktabridan buyon ilk marta barcha musobaqalar doirasidagi qatorasiga 11 ta uchrashuvda faqat zafar quchib kelmoqda. Ushbu bahslar davomida londonliklar 31 ta gol kiritib, 9 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi; 4 uchrashuvda esa gol o‘tkazib yubormadi.

Shu bilan birga, kecha «to‘pchilar» o‘z tarixida ilk marta Portugaliya klubini safarda mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Hozirga qadar portugal jamoalari bilan safardagi 6 ta bahsda 3 tadan durang va mag‘lubiyat qayd etib kelingan edi.

25 oktabr kuni «Arsenal» ustozi Unai Emeri Yevropa Ligasida murabbiy sifatidagi 34-g‘alabali o‘yinini o‘tkazdi va bu borada o‘zi o‘rnatgan musobaqa rekordini yangilashda davom etmoqda.

Ta'kidlash joiz, Emeri 2013-2016 yillarda «Sevilya» klubini boshqargan va shu yillar davomida ketma-ket 3 marta ushbu turnirda g‘olib bo‘lgan edi. U 2013/14 yillar mavsumi yakuniga ko‘ra Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Mavzuga oid