Light | 12:01 / 26.10.2018
16830
3 daqiqa o‘qiladi

Longyir – sayyoraning eng shimoliy shahri

Foto: Wikipedia

Bu shahar Shpitsbergen arxipelagida joylashgan va jami 2 ming nafar aholisi  bor. Yozda sutka bo‘yi quyosh charaqlab turadi. Biroq yilning sovuq paytida bu yerda 4 oy davomida qorong‘ulik hukmronlik qiladi. Aholining bari qurollangan. Nima uchun? Chunki oq ayiqlar ularga qo‘shni. Kutilmagan holatlarda o‘zini himoya qilishni bilish kerak.

Foto: Wikipedia

Ilgari bu yer ko‘mir qazib chiqariladigan yirik markaz edi. Hozir buni zanglagan texnika va aynan shu maqsadda qurilgan inshootlar esga soladi. Shaxtalardan birining ko‘rinishi mana bunday. Agar rang-barang shahardan uzoqlashilsa, manzara biroz xiralashadi.

Foto: Wikipedia

Joyga o‘tgan asrning boshlarida bir muhandis o‘z nomini bergan va unga asos solgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida mahalliy aholi Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilingan. O‘sha vaqtlarda faoliyat yuritgan shaxtalar fashistlar bosqinida to‘liq vayron qilingan. To‘g‘ri, urushdan keyin ularni qaytadan qurishdi.

Foto: Shutterstock

Mana bu original belgini hamma joyda uchratish mumkin. U oq ayiqlarning paydo bo‘lish ehtimoli haqida ogohlantiradi. Aytgancha, mahalliy talabaga o‘qishning ilk haftasida faqat o‘q otishni o‘rgatishadi. Har ehtimolga qarshi, axir bu qo‘shnilar xavfli-da.

Foto: Wikipedia

Biroq do‘konga hali ham qurol olib kirish mumkin emas.

Hatto yozda ham harorat barqaror 10 daraja iliqdan ko‘tarilmasligi mumkin.

Foto: Wikipedia

Qishda qor hukmronligi davrida bu yerda qor ustida harakatlanadigan moslamalar yoki itlar bog‘langan chanalardan foydalanishadi. Ana shuning uchun ham itlar uchun to‘xtash joylari paydo bo‘lgan. Mana bu taxtacha to‘xtash joyiga boshlaydi.

Foto: Shutterstock

Aholisi soni asta-sekinlik bilan ortib borgan. 1917 yilda bu yerda 214 kishi istiqomat qilgan. Ulardan 180 tasi erkaklar bo‘lgan. Aholining katta qismi konchilardan iborat edi. Biroq hukumat shahar infratuzilmasi bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Bu yerda hatto aeroport ham ochildi. Doimiy ravishda joy sayyohlik markaziga aylandi.

Qiziqarli jihati, shahar hududida vafot etish mumkin emas. Og‘ir kasallar, lat yeganlar va halok bo‘layotganlar materikka yuboriladi. Gap shundaki, doimiy muzlik tananing chirishiga imkon bermaydi, ularga yirtqichlar e'tiborini tortib, mahalliy aholini xavfga qo‘yadi.

Foto: Wikipedia

Siz bu yerga sayohat qilishni istarmidingiz?

Mavzuga oid