Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi
Aholi fikriga asoslangan to‘lov tizimining brendini yaratish maqsadida, joriy yilning 24 sentabr kuni Markaziy bank yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha tanlov e'lon qildi.
Tanlovning birinchi bosqichida 2,4 ming nafar fuqaro o‘z taklifini bildirdi. Ular orasidan eng ko‘p bildirilgan uchta nom – Humo, Adras va Anor tanlab olindi.
Tanlovning ikkinchi bosqichida, yuqorida keltirilgan uchta nomdan biriga ovoz berishda 4,0 mingga yaqin respondent ishtirok etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 45,3% ovoz bilan «Humo» nomi egalladi.
Shu munosabat bilan tanlangan g‘olib «Humo» nomini hisobga olgan holda milliy chakana to‘lov tizimining brendini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025