Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ga irodali g‘alabani keltirdi
Italiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Yuventus» safarda «Empoli» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
28-daqiqada Kaputo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 1-bo‘lim kutilmaganda «Empoli» g‘alabasi bilan tugadi. 2-bo‘limda hammasi joy-joyiga tushdi. 54-daqiqada Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa uzoq masofadan chiroyli zarba bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 28 ochko bilan 1-o‘rinda, «Empoli» esa 6 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.
A Seriya, 10-tur
Empoli – Yuventus 1:2
27 oktabr, «Karlo Kastellani» stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.
Empoli – Provedel, Silvestre, Antonelli (Paskual, 69), Di Lorentso, Mayyetta, Akkua, Traore (la Gumina, 82), Zayts (Uchan, 75), Bennaser, Krunich, Kaputo.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Bardzali, 90), Rugani, Bentankur, Pyanich (Duglas Kosta, 80), Matyuidi, Bernardeski (Kuadrado, 66), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (43), Bentankur (45), Traore (58), Dibala (78), Uchan (90).
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024