Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» 300 million yevrolik tijoriy taklifga rozi bo‘lmadi
«Barselona» «Kamp Nou» stadioni nomiga egalik huquqini sotish borasidagi taklifga rad javobini berdi, deb yozadi El Pais.
Nashr xabariga ko‘ra, Ispaniyaning film va ko‘rsatuvlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Mediapro kompaniyasi stadion nomiga egalik qilish vakolatini qo‘lga kiritish uchun 300 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo ish rasmiy taklifga qadar yetib bormagan.
Kataloniya klubi vakili Xosep Vives muzokaralar bekor qilinganini tasdiqlagan, ammo bunga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Uning ma'lum qilishicha, Mediapro taklif etilgan summani 20 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi ekani «Barsa» rahbariyatini qoniqtirmagan. Shu boisdan ish rasmiy hujjatlar tayyorlashga qadar yetib bormagan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Mediapro asoschilaridan biri Jaume Rouresdan klubning sobiq prezidenti Sandro Rosselni tijoriy firibgarlikda ayblab sudga kiritilgan da'voni qaytarib olishni so‘ragan, ammo biznesmen bunga ko‘nmagan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025