Jahon | 19:05 / 28.10.2018
2158
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: AFP/Getty Images

Braziliyada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha ochiq bo‘ladi.

Saylovchilar 7 oktabrda o‘tgan 1-turda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzoddan birini tanlashlari kerak bo‘ladi. Prezident lavozimini egallashga Jair Bolsonaru va Fernandu Addad kurash olib bormoqda.

1-turda keskin bayonotlari sababli “braziliyalik Tramp” deb ataladigan Bolsonaru 46,2 foiz ovoz, uning raqibi Addad esa 29,1 foiz oovoz to‘plagan.

2-turning ilk natijalari saylov uchastkalari yopilgandan bir soat keyin ma'lum qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid