Jahon | 22:23 / 28.10.2018
5378
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda sayyohlarga pandalar bilan suratga tushish taqiqlandi

Xitoyning Sichuan viloyati rahbariyati sayyohlarning pandalarga yaqinlashishi, ularga yegulik berishi va ular bilan suratga tushishi taqiqlangani haqidagi ogohlantirishni chop etdi. China Daily nashrining ma'lum qilishicha, bunday holatlarning oldini olish maqsadida viloyatdagi panda pitomniklarida kunbo‘yi ishlovchi kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. 

Internetning Xitoy segmentida panda bilan suratga tushganlik uchun ming yuan (150 dollar) jarima solinishi haqida gaplar ham paydo bo‘lgan.

Xitoy qonunlariga ko‘ra, sayyohlar yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan yoki noyob hisoblangan jonzotlarga yaqinlasha olmaydilar. Pandalar bilan faqatgina ularga qarovchi kishilargina muloqot qilishlari mumkin. Bunday choralarning kiritilishiga esa pandalar sayyohlardan biror infeksiya yuqtirib olishlaridan xavotir sabab hisoblanadi.

Hozirda tabiatda 1,5 mingdan sal ko‘proq panda qolgan. Bu jonzotlarni pitomniklarda ko‘paytirish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, ularni ko‘paytirish bo‘yicha hal qiluvchi ilgarilashga erishib bo‘lmayapti.

Mavzuga oid