Jahon | 22:34 / 28.10.2018
9832
1 daqiqa o‘qiladi

Qoshiqchining qotillari Saudiya Arabistonida sudlanadi

Foto: Fotolia / Swisshippo

Saudiya Arabistoni jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlarni o‘z hududida sud qilmoqchi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi.  

“Ular Saudiya Arabistonida qo‘lga olindi, ularga nisbatan tergov ham Saudiyada olib borilmoqda va ular Saudiyada sudlanadi”, deb aytgan al-Jubayr.

U Saudiya hukumati tergov natijalarini oshkor qilishi va jinoyatda ayblanuvchilarni jazolashiga va'da bergan.

Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qoshiqchining qotillari Turkiyaga topshirilishi kerakligini aytgandi. 

Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan. Ushbu jinoyat bo‘yicha 18 kishi qo‘lga olingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid