Fan-texnika | 11:52 / 28.10.2018
38653
1 daqiqa o‘qiladi

Zamonamizning eng diqqatga sazovor yuk mashinalari beshtaligi tuzildi

Zamonamizning eng diqqatga sazovor yuk mashinalari beshtaligi tuzildi. Reytingga bir quvvatlanishda 482-805 kilometr yo‘l bosa oluvchi Tesla Semi yuk mashinasi yetakchilik qilmoqda. Bu avtomobil, shuningdek, avtonom boshqaruv tizimiga ega. Bu haqda Speed.me portali mutaxassislari ma'lum qilishdi.

Tesla Semi

2-o‘rinni KamAZ-65209 yuk mashinasi egalladi. Ta'kidlanishicha, bu model yuksiz yurganda yonilg‘i tejaydi.

KamAZ-65209

Yetakchi uchtalikdan Tesla Semi’ga raqobatchi sifatida ko‘riladigan Ford F-Vision yuk mashinasi ham joy oldi. Mashinada 4-darajadagi avtopilot o‘rnatilgan.

Ford F-Vision

Shuningdek, ro‘yxatdan “Yevro-6” dvigateliga ega Mercedes-Benz Actros va”Ural Next 6x4” yuk mashinalari joy olgan.

Mavzuga oid